2021 yilda ötkazilgan «Yoş kitobxon oila» tanlovida Özbekiston tumani Nursuh qişloğidan bölgan Niyozmatovlar oilasi ğolib bölgan. Ular prezident sovğasi — Spark avtomobili bilan taqdirlangan. Ayni paytda öqituvçilik qilayotgan Abdullajon Niyozmatov kitobxonlikni tarğib qiliş borasida öz mulohazalarini bildirdi. «Kitob öqib maşinali böldik, ğoliblik ortidan qişloğimizga toza içimlik suv keldi», deydi u.

«Kitobxonlik eng avvalo oiladan boşlanadi, oilada kitobxonlikka e’tibor bölsa millat taraqqiy etadi. Kitobga bölgan muhabbat bolalikdan şakllanadi.

Abdullajon Niyozmatov

Moddiy boyliklaring tortib olinişi mumkin, lekin ilmni heç kim olib qöyolmaydi, derdi ota-onam. Şu qoidaga amal qilib, muvaffaqiyatlarga erişyapmiz. Bakalavr va magistraturani grant asosida öqib, hozir PhD yoqlaş harakatidaman, barçasi albatta kitob ortidan. Gadjetlardan voz keçişni örganiş kerak ma’lum darajada. Kitobga oşno bölgan yoşlar millat ertasi böla oladi.

Ota-ona telefon öynasa, bola ham şunday böladi. Bugungi kunda farzandi bilan alohida şuğullanayotgan ota-onalar juda kam. Köpçilik bolasini keçgaça band qilib turuvçi xususiy maktablarga beryapti, çunki özi şuğullanişni istamaydi. Aslida, xususiy maktablar davlat maktablardan farq qilmaydi bilim berişi, faqat qöşimça darslarda uşlab turişibdi.

Asosiy kamçiligimiz ota-onalarning özi kitob öqimay qöygani. Örnak bölmay turib yoşlar haqida gapiramiz. Lekin davlatni qaysi bir yoş öğil yoki qiz orqaga tortyapti? Qaysi bir yoş poraxörlik qilyapti? Qaysi yoş amaldor davlatga ziyon qilyapti? Aslida barça ayb kattalarda, yoşlarda emas. Katta avlod örnak böla olsa, bola ham şunga qarab ketadi. Ota-onasi 50 dan ziyod kitob öqigan bola kitob öqimasligi mumkin emas. Yoşlar doim örnak kutadi. Kitobxonlikni şakllantirişda ham şu muhim.

Ayolim bilan kitobxon oila tanlovida ğolib bölganimizning asl sababi kitobga vaqt, mablağ ajratganimizdan. Maoşimiz kam bölgan paytda ham kitobga pul ajratganmiz, kattagina oilaviy kutubxonamiz bor bugun, ertaga farzandlarimizga ham xizmat qiladi bu.

Kitobxonlik köp narsa berdi. Buning ortidan el nazariga tuşdik, öqituvçi bölib ham maşinali böliş mumkin ekan. Hokimimiz qişloğimizga suv çiqarib berdi, tanlovdan yutganimiz şarofati bilan 200 dan ortiq xonadon toza içimlik suv bilan ta’minlandi.

Tanlovda ğolib bölgaç, qişloqdoşlarimiz orasida qiziqiş ortdi, tanlov haqida haligaça sörovçilar köp.

Farzandimizga tarbiyani ona qornidayoq boşlaganmiz. Turli kitoblar öqirdik, tanlov uçun emas, şu farzandimiz kelajagi uçun qilganmiz. Hozir 2,5 yoş farzandim harflarni taniydi, onasi örgatadi. Kitoblar öqib beraman, inglizça, rusça sözlarni ham biladi, ranglarni ajrata oladi.

Şogirdim Muhammadfozil Ismoilov ham 2021 yilda ötkazilgan «Yoş kitobxon» tanlovida ğolib bölgan.

Oilaviy yutuğimizga köpçilik xavas qiladi

«2021 yilda turmuş örtoğim bilan «Yoş kitobxon oila» tanlovida qatnaşib, birinçi örinni qölga kiritib, Spark avtomobili sohibi bölganmiz. Bu bizning ilk oilaviy yutuğimiz böldi. «Zukko kitobxon» tanlovida ham Respublikada birinçi örinni oldik. Örgangan bilimlarimizdan farzand tarbiyasida, iş faoliyatimizda foydalanmoqdamiz.

Mahallamizdagi yoşlarning havasi ortib, ular ham kitob öqişga kirişdi. Iş faoliyatimda ham kitobxonlikni tarğib qilib boraman, kitobxonlar klubi taşkil etganman.

Hali 3 yoşga tölmagan farzandimiz ham bizning kitob öqiyotganimizni kuzatib kitoblarga qiziqib, varaqlab köradi.

Globallaşuv jarayonida yoşlar gadjetlardan voz keçib kitobga e’tiborini qaratişi qiyin bölib bormoqda. Lekin yurt kelajagi bölgan yoşlarni kitobxonlikka qaytariş kerak. Birinçi navbatda ota-ona kitob öqişi lozim: quş uyasida körganini qiladi. Butun bir oila kitob öqisa, yoşlar ham öqiydi», deydi «Yoş kitobxon oila» tanlovi ğolibasi Umidaxon Niyozmatova.

Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Sardor Mamirov