Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Metrologiya to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilinadi
O‘zbekistonda “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilinadi. Tegishli qonun loyihasi QHTBT portalida muhokama uchun taqdim qilingan, deb yozmoqda Norma.uz.
Loyiha yangi atamalar ta'riflarini kiritadi:
• qadoqlangan tovar – xaridor hozir bo‘lmaganda o‘ralgan, ichidagini ularni ochmasdan yoki buzmasdan o‘zgartirib bo‘lmaydigan tovar;
• metrologik kuzatish – o‘lchov natijasi xususiyati bo‘lib, unga muvofiq natija kalibrlashning hujjatli uzluksiz zanjiri orqali taqqoslash uchun asos bilan o‘zaro nisbati aniqlanishi mumkin, ularning har biri o‘lchovlar noaniqligiga hissa qo‘shadi.
Amaldagi tahrirdan farqli o‘laroq, hujjatda metrologiyaning asosiy vazifalari va tamoyillari ochiqlanadi. Bundan tashqari, “O‘zstandart” agentligi vakolatida davlat metrologiya nazoratini o‘tkazish tartibini o‘rnatish, Metrologiyani rivojlantirish uchun ilmiy-texnikaviy komissiya tuzish mustahkamlanadi.
Qonunchilikka ko‘ra metrologik norma va qoidalar bo‘yicha normativ hujjatlarni tasliqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘lchovlar yagonaligini ta'minlash bo‘yicha normativ hujjatlar quyidagi turlarda bo‘ladi:
• o‘lchov vositalarini qiyoslash uslubiyati;
• o‘lchovlarni bajarish uslubiyati;
• sinov vositalarini attestatsiya qilish uslubiyati.
Bunda o‘lchovni bajarish uslubiyatlari:
• ko‘rsatkichlar aniqligini baholashni o‘z ichiga olishi;
• o‘lchovlarni o‘tkazishning real sharoitlarida aniqlikni ta'minlashi;
• o‘lchovlarni bajarishning attestatsiya qilingan uslubiyatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
O‘lchov vositalari va sinov vositalaridan foydalanish bu vositalarning muayyan qismlaridan foydalanish imkoniyatini cheklashni ta'minlaydi.
Metrologik xizmatning yangi shakli – respublika davlat boshqaruvi organlarining metrologik xizmati joriy qilinadi (ilgari davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslar metrologik xizmatlaridan iborat edi). Ular zarur hollarda o‘lchovlarning yagonaligini ta'minlash bo‘yicha ishlar va metrologik nazoratni amalga oshirish uchun tashkil etiladi.
Davlat metrologiya nazorati o‘lchovlar yagonaligini ta'minlash sohasida texnik normalarga, hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Qonun loyihasida Milliy metrologiya instituti ham aytib o‘tilgan.
Loyiha yangi organ – metrologiyani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy komissiya tuzishni ko‘zda tutadi. Bu agentlik huzurida shakllantirilayotgan o‘lchovlar yagonaligini ta'minlash bo‘yicha ekspert maslahat organi bo‘ladi. Uning tarkibiga vazirliklar, idoralar, agentlikning, OTM va Fanlar akademiyasi vakillari kiradi.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:50
Iste’molchilarning asosiy huquqlari: qonun nimani kafolatlaydi?
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025