Qonun iste’molçilarga sifatli mahsulot tanlaş, xavfsizlik, töliq ma’lumot oliş hamda yetkazilgan zararni qoplatiş kabi muhim kafolatlarni beradi.
Qonunçilikka köra, iste’molçilar quyidagi huquqlarga ega:
— tovar (iş, xizmat) haqida, şuningdek, işlab çiqaruvçi (ijroçi, sotuvçi) haqida töğri va töliq ma’lumot oliş;
— tovar (iş, xizmat)ni erkin tanlaş va uning tegişli darajada sifatli bölişi;
— tovar (iş, xizmat)ning xavfsiz bölişi;
— hayoti, soğliği va mol-mulki uçun xavfli nuqsoni bölgan tovar (iş, xizmat), şuningdek, işlab çiqaruvçi (ijroçi, sotuvçi)ning ğayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon va ma’naviy zararning töliq hajmda qoplanişi;
— buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinişini sörab sudga yoki boşqa vakolatli davlat organlariga murojaat etiş;
— iste’molçilarning jamoat birlaşmalarini tuziş.
Uşbu huquqlarni biliş har bir fuqaroga öz manfaatlarini samarali himoya qiliş imkonini beradi.

















