Chiroqchi tumani negizida ikkita tuman tashkil etish taklif qilindi
Chiroqchi tumani hududi 2,8 ming kvadrat kilometr bo‘lib, viloyatning salkam yarim million aholisi ushbu tumanda yashaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, odamlar o‘zining kundalik muammolarini hal qilish, davlat idoralariga borish uchun 2-3 soatlab vaqt sarflaydi.
Shuningdek, tuman ichida jamoat transporti rivojlanmagani oqibatida, odamlarning markazga kelishi uchun bir nechta transportdan foydalanishi, bunga 50 ming so‘mgacha xarajat qilishga majbur.
Shu bilan birga, o‘z paytida tuman Chiroqchi va Ko‘kdala hududlariga bo‘lingan edi. Shu bois, ko‘plab aholining murojaatlarini inobatga olib, ushbu tuman negizida Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarini tashkil etsak, nima deysizlar?
Bundan tashqari, Shahrisabz tumani markazi haligacha Shahrisabz shahrida qolib ketdi. Bu tumanning rivojlanishini cheklamoqda. Shuni inobatga olib, Shahrisabz tumani markazini Chorshanba shaharchasiga ko‘chirib, uni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish taklif etiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
14:36 / 13.11.2024
Imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi
09:05 / 07.11.2024