Özbekistonga qöşni davlatlar hududi orqali juda köp miqdorda narkotik modda olib kirişga urinişning oldi olinib, transçegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, muqaddam sudlangan 62 yoşli şaxs Şahrisabz tumanidagi dala maydoniga kömib qöyilgan qopdan 45 kg 768 gramm gaşişni olib, öz maşinasiga ortayotgan vaqtida qölga olingan.

Uşbu şaxs transmilliy jinoiy guruhning Özbekistondagi taşkilotçilaridan bölgan. U 2008 yildan buyon xalqaro jinoiy uyuşma tuzgan holda muntazam ravişda narkotik moddalarni qöşni davlatlar orqali Özbekistonga olib kiriş va tarqatiş bilan şuğullanib kelgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

IIV şubhali şaxslar va noqonuniy faoliyat haqida ma’lumotga ega bölgan fuqarolardan stopnarko_bot Telegram boti orqali xabar berişni söradi.

Avvalroq Farğonada kontrabanda yöli bilan olib kirilgan 24 kg gaşiş aniqlangandi.