Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ekologik” reydlar: Andijonda somsa yopiladigan tandirlar buzib tashlandi
Andijonda havo ifloslanishiga qarshi reydlar somsaxonalarni ham qamrab oldi. Xususan, Shahrixon tumanida somsa yopiladigan tandirlar ekskavatorlar bilan buzib tashlandi. Tuman hokimligi bayonotida aytilishicha, reydlar viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning topshirig‘i asosida o‘tkazilyapti.
Foto: Shahrixon tumani hokimligi matbuot xizmati
3 dekabr kuni Shahrixon tumani hokimligi e’lon qilgan videoda tandir somsa yopiladigan kamida uchta oshxonadagi tandirlar buzilganini ko‘rish mumkin.
Tasvirlarga qaraganda, buzish tadbirlari “Uch ariq oshxonasi”, “Mehmon oshxonasi” va “Bek oshxonasi” nomli kafelarda o‘tkazilgan.
“Andijon viloyati hokimi topshirig‘iga asosan, Shahrixon tumanida havo ifloslanishining oldini olish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan tun-u kun reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Bugun erta tongdan havo ifloslanishiga sabab bo‘layotgan obektlar faoliyati joyida o‘rganilib, talablarga javob bermayotgan umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obektlarida faoliyatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda”, – deyiladi tuman hokimligi bayonotida.
Xabar yangilandi: Voqea internetda rezonansga sabab bo‘lishi ortidan, hokimlikning Telegram-kanalidan bu xabar, unga ilova qilingan video va suratlar o‘chirib yuborildi.
Andijon viloyati hokimligi ushbu holat zudlik bilan o‘rganilib, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan tuman hokimiga intizomiy jazo chorasi sifatida «hayfsan» berilgani, bunday holatlarni takrorlamaslik borasida tushuntirish ishlari olib borilganini xabar qildi.
Avvalroq Toshkentda dudburonsiz kabob pishirayotgan kafelarga chora ko‘rilgan edi.
Shahrixondagi reyddan tuman hokimligi e’lon qilgan (va keyinroq o‘chirib yuborgan) video va suratlar:






Mavzuga oid
21:26 / 07.12.2025
Toshkentda havoni ifloslantirayotgan korxona rahbariga chora ko‘rildi
08:30 / 07.12.2025
Somsaxonalarda reyd, inversiyaning tugashi va mundialdagi raqiblar - hafta dayjesti
18:42 / 05.12.2025
Prezident qarori: Toshkentda tirbandliklarni kamaytirish choralari tasdiqlandi
19:38 / 04.12.2025