Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyatida ikkita yangi oliygoh ishga tushadi
Foto: KUN.UZ
Surxondaryo viloyatida Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi Termiz filiallari tez orada ishga tushadi. Bu haqda TerDU rektori Abduqodir Toshqulov xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi mobaynida poytaxtdagi ikkita oliygohning Termiz filiallari tashkil etilishi haqida ma'lum qilingan.
Hozirgacha Surxondaryo viloyatida Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent davlat texnika universitetlarining filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, viloyatda yagona - Termiz davlat universiteti ko‘p sonli talabalarga bilim berishda xizmat qiladi.
Mavzuga oid
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
18:21 / 17.01.2026
Surxondaryoda avtosalon mansabdori yuzlab odamni chuv tushirdi
11:12 / 14.01.2026