Farg‘onada jurnalistlar uchun press-tur va viloyat hokimi bilan matbuot anjumani tashkil etildi
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni oldidan 25 iyun kuni Farg‘onada ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur va Farg‘ona viloyat hokimi Shuhratbek G‘aniyev bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘zbekistonning turli televideniyelari, radio, bosma va internet nashrlarida faoliyat yurituvchi jurnalistlar Farg‘ona viloyatning yetakchi sanoat korxonalari, o‘quv muassasalarida bo‘ldilar.
Press-tur davomida OAV vakillari Marg‘ilondagi «Hunarmandlar markazi»da bo‘lib milliy hunarmandchilik namunalaridan bo‘lgan atlas matosi va «Nazar» gilamchalarining to‘qilish jarayoni bilan tanishishdi.
Shuningdek, «Raqamli texnologiyalar markazi» va O‘zbekiston – Koreya xalqaro universitetida yoshlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘rishdi.
Yirik sanoat obektlaridan bo‘lgan «Uzwoolentex» korxonasi hamda Keramika zavodining ishlab chiqarish jarayonini ham kuzatishdi.
Press-tur so‘ngida OAV vakillari uchun Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bilan «Farg‘onaning tadbirkori – Farg‘onaning islohotchisi» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda viloyat rahbari jurnalistlar savollariga javob berdi.
Elmurod Ermatov, Kun.uz muxbiri
Tasvirchi – Ahrorbek Yoqubjonov
Mavzuga oid
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
10:16 / 12.11.2024