«Farğonaning tadbirkori – Farğonaning islohotçisi» mavzusida ötkazilgan matbuot anjumanida viloyat hokimi kiriş nutqi sözlab, söng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

– Quyi lavozimda işlaydiganlarning yuqori lavozimdagi şaxslarga maddohlik qilişiga öz munosabatingizni bildirsangiz.

– Töğri savol. Mening tuşunçam böyiça, maddohlik – bajarmagan işini gapiriş. Masalan, rahbar sifatida mening öz prinsipim bor, buni viloyatimizdagi köpçilik biladi: kam gapirib köp iş qiliş kerak.

Maddohlar haqida... Va'da bergan odam, sözga çiqib, qaysidir vazifalarni bajarib taşlayman, deb qop-qop va'dalarni bergan rahbar u va'dani berişdan oldin öylab körişi kerak: şu va'dani beryapman-u, u bajariladimi yoki bajarilmaydimi? Şuning uçun oçiğini aytiş kerak.

– Viloyat hokimi sifatida işlagan davringizda sizga pora taklif qilişganmi, ha bölsa qaysi masalada?

– Agar menga pora taklif qilişgan bölganida, men pora beradigan rahbarlar bilan işlagan bölganimda şunça muddat bu lavozimda işlamagan bölar edim.

  • Ma'lumot uçun, 2011 yildan buyon Farğona viloyatini boşqarib kelayotgan Şuhrat Ğaniyev amaldagi viloyat hokimlari orasida eng uzoq vaqt öz lavozimida qolayotgan rahbar sanaladi.

– Majburiy obunaga qanday qaraysiz?

– Men oçiq aytay, men budjet taşkilotlari yoki tadbirkorlarni majburan obuna qilinişiga juda qarşiman. Sababi – voqelikni töğri tasvirlab beradigan röznoma kimningdir obunaga yordam berişiga muhtoj bölib qolmaydi.

Voqeliklar aks ettiriladigan bölsa, qiziqiş katta bölsa, albatta, biz ham imkoniyat darajasida tarğibot qilişga yordam beramiz. Tarğibot va obuna qilişning farqi bor.

Matbuot anjumanida viloyat hokimi Söx tumaniga oid savol bermaslikni, bu tumanga oid savollarga yozma ravişda javob berişi mumkinligini aytdi.