Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Sud qarorlarining adolatliligiga taftish instansiya sudi huquqiy baho beradi” – Surxondaryo viloyati sudi
Sho‘rchi dehqon bozorida sodir etilgan jinoyat – ikki erkakning janjali o‘lim bilan tugagani holati bo‘yicha apellyatsiya sudi jazoni yengillashtirganiga izoh berildi. Qayd etilishicha, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llanadigan jazo odilona bo‘lishi kerak. Apellyatsiya sudida aynan shu jihat inobatga olinib, mahkumlarga qonuniy yengillik berilgan.
Sho‘rchi tumanida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligiga taftish instansiya sudi tomonidan huquqiy baho beriladi. Surxondaryo viloyati sudi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llanadigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi sudida aynan shu jihatlar inobatga olingan va mahkumlarga qonuniy yengilliklar berilgan.
“Apellyatsiya sudida jabrlanuvchining qonuniy vakili N.Tangirovaning ko‘rsatmalari tekshirilib, hodisa sodir bo‘lgan joyda mavjud bo‘lgan videokuzatuv kameralaridan olinib, jinoyat ishiga ashyoviy dalil sifatida qo‘shilgan DVD disklardagi hodisa jarayonini qayd etilgan videoyozuvlarda o‘z tasdig‘ini topmaganligi qayd etilgan.
Shu tariqa sudlov hay’ati, jabrlanuvchining qonuniy vakili N.Tangirovaning dastlabki tergov, birinchi bosqich va apellyatsiya instansiyasi sudida bergan ko‘rsatmalari dalil sifatida maqbul emas deb topishni va bila turib yolg‘on ko‘rsatma berganlik holatiga baho berish uchun Jinoyat-protsessual kodeksining 417-moddasi talablariga asosan prokuraturaga xabar qilishni lozim topgan”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni olib borgan Surxondaryo viloyati prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi AMIB katta tergovchisi Q.Saidovga nisbatan kelgusida jinoyat ishlari bo‘yicha aybdor shaxsning jinoiy qilmishlarini kvalifikatsiya qilishda Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari talablari, Oliy sud Plenumi qarorlari tushuntirishlariga qat’iy amal qilish, qonuniy va asosligini ta’minlash, ularni hal etishda qonun buzish holatlariga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash maqsadida xususiy ajrim chiqarilib, Surxondaryo viloyati prokuroriga yuborilgan.
Bundan tashqari, jinoyat ishini birinchi bosqich sudida ko‘rishda qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan JIB Sho‘rchi tuman sudi raisiga tegishli choralar ko‘rish, kelgusida jinoyat ishlari bo‘yicha chiqariladigan qarorlarining qonuniy va asosligini ta’minlash, ularni hal etishda qonun buzish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu toifadagi jinoyat ishlarini sudlarda ko‘rishda alohida e’tiborning kuchaytirilishini ta’minlash maqsadida xususiy ajrim chiqarilgan.
Qayd etilishicha, 23 fevral kuni jabrlanuvchining qonuniy vakili va uning himoyachisi Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining ajrimidan norozi bo‘lib, taftish tartibida shikoyat keltirgan. Mazkur shikoyat hozirgi kunda sudlov hay’atida ko‘rish uchun rasmiylashtirilmoqda. Chiqarilgan sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligiga taftish instansiya sudi tomonidan huquqiy baho berilishi bildirilgan.
Avvalroq Surxondaryoda apellyatsiya sudi qasddan odam o‘ldirish jinoyatini bezorilik va qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishga o‘zgartirib, jazoni yengillashtirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:44 / 01.04.2026
Sudlardan norozi erkak Oliy sud qarshisidagi daraxtga chiqib oldi
09:58 / 01.04.2026
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
12:08 / 19.03.2026