Nihoyat. Toshkentdan Dushanbega reys oradan 25 yil o‘tib tiklandi
“O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi 11 apreldan “Toshkent-Dushanbe-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tikladi. Endilikda qatnov bir haftada ikki bora amalga oshiriladi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnov 1992 yilda, Tojikistonda fuqarolik urushi boshlanganidan so‘ng to‘xtatib qo‘yilgandi.
O‘n birinchi aprel kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasining HY717 birinchi reysi soat 7:20da «Toshkent-Dushanbe» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketgan.
Avvalroq Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi birinchi reys 4 aprel kuniga rejalashtirilgandi, biroq u bekor qilindi.
«Somon Eyr» aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan Dushanbe-Toshkent reysining aniq muddati hozircha noma'lum bo‘lib turibdi.
2016 yilning noyabr oyida O‘zbekiston va Tojikiston 1992 yili to‘xtatilgan aviaqatnovlarni 2017 yil boshida qaytadan yo‘lga qo‘yishga kelishib olgan edi. Aviareyslarni Tojikiston tomonidan Somon Air, O‘zbekiston tomonidan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyalari amalga oshirishi belgilangandi.
Somon Air aviakompaniyasining Toshkentga birinchi reysi 20 fevralga rejalashtirilgan edi, ammo aviakompaniya zarur hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmagani sababli parvoz bekor qilindi.
Mart oyida «Toshkent—Dushanbe» reysi bo‘yicha parvozlar 4 apreldan boshlanishi va haftada ikki marta amalga oshirilishi ma'lum qilingandi. Ushbu reys parvozlari MAK parvoz jadvaliga kiritilgan bo‘lib, ularni seshanba va shanba kunlari amalga oshirish belgilangan. Chiptalar mart oyi boshidan buyon sotilmoqda.
3 aprel kuni ushbu aviareys yo‘lovchilar kamligi sabab bekor qilingani ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:58 / 04.11.2024
Sariq va qizil ranglarda tovlanayotgan Toshkent - fotojamlanma
17:42 / 04.11.2024
Xavfsizlik chegarasidan 80 barobar yuqori: Lahor dunyoning havosi eng iflos shaharlaridan biri
08:10 / 04.11.2024
Toshkentda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi
19:25 / 31.10.2024