«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi 4 aprel kuni Toşkentdan Duşanbega birinçi reysni amalga oşiriş rejasi yana amalga oşmadi.
Aviakompaniya matbuot xizmatining «Kun.uz»ga ma'lum qilişiça, reysga yetarliça çipta sotilmagani tufayli 4 aprelga belgilangan reys noma'lum muddatga qoldirilgan. U qöşimça ma'lumot bera olmadi.
Eslatib ötamiz, 2016 yilning noyabr oyida Özbekiston va Tojikiston 1992 yili töxtatilgan aviaqatnovlarni 2017 yil boşida qaytadan yölga qöyişga kelişib olgan edi. Aviareyslarni Tojikiston tomonidan Somon Air, Özbekiston tomonidan «Özbekiston havo yöllari» aviakompaniyalari amalga oşirişi belgilangandi.
Somon Air aviakompaniyasining Toşkentga birinçi reysi 20 fevralga rejalaştirilgan edi, ammo aviakompaniya zarur hujjatlarni öz vaqtida taqdim etmagani sababli parvoz bekor qilindi.
Şundan buyon tomonlar uşbu reysni amalga oşira olmay kelmoqda.












