Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun dastlab ogohlantirish beriladi
Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Foto: Kun.uz
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish jazosi qo‘llanilishini, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarning ro‘yxatini hamda bunday texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilishi muddatlari aniq belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi 171-modda bilan to‘ldirilib, foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan qoidabuzarliklarning turi aniq belgilanmoqda.
Kodeks 241-modda to‘ldirilib, ma’muriy jazo sifatida ma’muriy ogohlantirish chorasi kiritilmoqda.
Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus texnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi aniq belgilab qo‘yilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.12.2025
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni rasmiylashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
15:46 / 06.12.2025
O‘zbekistonda sanoat faoliyatini tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilinadi
16:00 / 27.11.2025
O‘zbekistonda majoritar aksiyador va fidutsiar majburiyatlar qonuniy tarzda belgilab qo‘yildi
15:50 / 04.11.2025