Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adib va jurnalist Ahmad Tursun vafot etdi
Bugun, 18 may kuni jurnalist, adib va tarjimon, ko‘plab diniy-ma'rifiy kitoblar muallifi, «Suhbatdosh», «Hayrat» gazetalari asoschisi Ahmad Tursun 72 yoshida olamdan o‘tdi.
«Tong saharda yurtimizning mashhur adiblaridan, iymon-e'tiqod, siyrat va boshqa mavzularda kitoblar, maqolalar yozgan Ahmad Muhammad Tursunning vafot etganlari haqida bir mash'um xabar keldi», – deyiladi Azon.uz sayti telegram kanalida.
Ahmad Muhammad Tursun musulmonlar idorasining «Hidoyat» jurnali, «Fikrat» nashri, «Hilol nashr»da samarali mehnat qilgan.
Ko‘p yillar «Atlas» va «Namangan haqiqati» gazetasida muharrir sifatida ishlagan.
U shuningdek, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab xususiy nashrlar rivojiga katta hissa qo‘shgan jurnalistlardan biri edi.
Ahmad Muhammad Tursun o‘zbekistonlik taniqli diniy ulamo Mubashshir Ahmadning otasi hisoblanadi.
Yaqinlariga ko‘ra, marhumning janozasi bugun, soat 15:00da uning Toshkent shahri Labzak mahallasidagi xonadonida o‘qiladi.
Kun.uz marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Mavzuga oid
20:06 / 29.09.2025
Prezident davlat va jamoat arbobi Ismoil Jo‘rabekov vafoti tufayli ta’ziya bildirdi
21:50 / 26.09.2025
Aktyor Sherqo‘zi G‘oziyev 75 yoshida vafot etdi
19:38 / 09.08.2025
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi
18:10 / 02.08.2025