Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Jinpingga hamdardlik bildirdi
Davlat rahbari Xitoyda yuz bergan halokatli toshqindan jabrlanganlarga ta’ziya yo‘lladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pekin shahri va Xebey muzofotida ro‘y bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, jarohat olgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan Xitoy raisi Si Jinpingga hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga taskin-tasalli so‘zlarini yo‘llab, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.
29 iyul kuni Xitoy poytaxti Pekin shahrida kuchli yomg‘irlar oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Toshqinlar tufayli shaharda 80 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Yuzlab aviareyslar kechiktirildi yoki bekor qilindi, yog‘inlar temiryo‘l faoliyatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
18:24 / 06.06.2026
O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi
17:36 / 25.05.2026