O‘zbekiston aholisi tojikistonlik va qirg‘izistonlik qo‘shnilariga qaraganda tezroq qariyapti
O‘zbekiston aholisi qariyb 58 yoshda qarishni boshlaydi, Ozarboyjonda ham xuddi shunday ko‘rsatkich. Tojikiston, Belarus va Gruziya fuqarolarida keksalik belgilari 60 yoshda, Qirg‘iziston, Latviya va Litvada esa 61 yoshda paydo bo‘ladi.
Lancet nufuzli tibbiyot jurnalida e'lon qilingan, olimlar xalqaro guruhining tadqiqoti shundan darak bermoqda. Tadqiqot mualliflari turli mamlakatlar aholisida keksalik yoshidagi kasalliklar qanchalik tez rivojlanishini o‘rganishdi. Rossiyaliklar 159 mamlakatda yashovchilarga qaraganda tezroq qariyapti.
Tadqiqot mualliflari aholi keksayish ko‘rsatkichlarini aniqlashning o‘ziga xos uslubini ishlab chiqdilar. Ular odamlar keksa kishilarga xos bo‘lgan kasalliklarga chalina boshlaydigan o‘rtacha yoshni aniqlashdi. Bunday kasalliklar ro‘yxatiga Alsgeymer va Parkinson kasalligi, gipertoniya, katarakta hamda glaukoma kabi 92ta tashxis kiritildi.
Keksa yoshdagi kasalliklar rivoji bo‘yicha o‘rtacha yosh - 65. Rossiyada u ancha past - 59 yosh, deya ta'kidlaydi tadqiqot mualliflari. Bu 2018 yilgi islohotdan keyin erkaklar uchun belgilangan pensiya yoshidan hamda Belarus, Hindiston, Indoneziya, Janubiy Afrika va Efiopiyadagi qarish yoshidan pastdir.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Yaponiya (76,1 yosh), Shveytsariya (76,1), Fransiya (76) va Singapur (76) aholisi kechroq qarishni boshlaydi. Hammadan erta - Papua-Yangi Gvineya (45,6), Marshall orollari (51) va Afg‘oniston (51,6) aholisi.
Bundan oldin, o‘limga olib keluvchi yurak kasalliklarining asosiy sababi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
16:49
Karbonat angidrid iqlim uchun zararli, ammo inson organizmiga foydali - tadqiqot
23:55 / 26.11.2024
Dunyoda OIVga chalinish va undan o‘lim 12 yil ichida keskin kamaydi - tadqiqot
17:34 / 18.11.2024
Xitoy Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlar yordamida u yerda baza qurmoqchi
15:52 / 16.11.2024