O‘limga olib keluvchi yurak kasalliklarining asosiy sababi ma'lum qilindi

Foto: Shutterstock
Nemis olimlarining aniqlashicha, havo ifloslanishi avval o‘ylanganidan ikki barobar ko‘proq o‘lim holatlariga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, odamlar asosan aerozollarning surunkali ta'siri tufayli yuzaga keluvchi yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etishadi. Bu haqda MedicalXpress xabar bermoqda.
Tadqiqotchilar havo ifloslanishi turli manbalarining o‘lim holatlari darajasiga ta'sirini modellashtirishdi. Ma'lum bo‘lishicha, 2015 yilda atrof-muhitning yomon holati butun Yevropa bo‘ylab 790 ming kishi o‘limiga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, bu holatlarning 40-80 foizi yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan, insult va infarktlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Qayd etilishicha, bu nafas olish organlari ishidagi buzilishlar tufayli yuz bergan o‘lim holatlaridan qariyb ikki barobarga ko‘p.

Butun dunyo bo‘ylab ifloslangan havo tufayli vafot etganlar soni yiliga 8,8 million kishini tashkil etadi, bu avvalgi hisob-kitoblarga qaraganda ikki barobar ko‘p. Olimlarning so‘ziga ko‘ra, shu sabab tufayli tamaki chekishdan ham ko‘proq inson hayotdan ko‘z yumadi.
Organizmga zararli ta'sir ko‘rsatadigan asosiy omil havoda 2,5 mikron diametrli qattiq zarrachalar mavjudligidir - PM2.5. Ular yurak-qon tomir va nafas olish kasalliklarining asosiy sababi sanaladi. Yevropada yillik zichlik har bir kub metr uchun 25 mikrogrammni tashkil etadi, bu JSTning bir kub metrga 10 mikrogrammlik darajasidan ikki barobar ko‘p.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

20:10 / 11.03.2025
JSST: Har yili havo ifloslanishi oqibatida 7 millionga yaqin odam vafot etmoqda

12:54 / 04.03.2025
Qurilishda havoni muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

15:31 / 12.02.2025
Ekovazirlik nega issiqxonalar atrofidagi havoni toza deb o‘lchaganini izohladi

15:38 / 10.02.2025