O‘zbekiston | 08:20 / 30.10.2024
15660
1 daqiqa o‘qiladi

Ajrashish holatlari asosan necha yoshda ko‘proq kuzatilayotgani aytildi

2024 yilning o‘tgan 9 oyida ajrashganlar eng katta ulushi 35 yoshgacha bo‘lganlarga to‘g‘ri kelgan, ya’ni jami nikohdan ajrashganlarning 64,3 foizini tashkil qilgan. 

Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, nikohdan ajrashishlar 2020 yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga ko‘p. 

Nikohdan ajrashganlarning o‘rtacha yoshi — erkaklar uchun 35,2 yoshni, ayollar uchun 32,4 yoshni tashkil etgan.

Nikohdan ajrashishlarning eng ko‘p ulushi:

  • Toshkent shahrida 13 foiz;
  • Andijon viloyatida 10,7 foiz;
  • Farg‘ona viloyatida 10,6 foiz;
  • Samarqand viloyatida 10,2 foiz;
  • Toshkent viloyatida 10,1 foizga teng bo‘lgan.

Nikohdan ajrashishlarning asosiy qismi shaharlarda 21,1 mingtani (62,0 foiz), qishloqlarda esa 12,9 mingtani (38,0 foiz) tashkil etgan.

Mavzuga oid