11 fevral kuni Senatning Yoşlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi majlisi bölib ötdi.

Majlisda “Oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun muhokama qilindi. Qonunda oilaviy (maişiy) zöravonlikdan jabr körganlarning huquqlarini himoya qilişni yanada kuçaytiriş hamda bunday holatlar takrorlanişining oldini olişga qaratilgan normalar nazarda tutilmoqda.

Nikohdan ajratiş töğrisidagi işlar körib çiqilayotganda sud oilaviy (maişiy) zöravonlik jinoyatidan jabrlangan şaxsning talabiga köra yaraşiş uçun muhlat tayinlamasligi belgilanmoqda.

Nikohdan ajratiş masalasi öz vaqtida hal qilinmasligi ayrim hollarda ayollarning öz joniga qasd qilişi, bevaqt ölimi kabi ayançli oqibatlarni keltirib çiqarmoqda.

Bu normaning amaliyotga joriy etilişi muntazam tazyiq va zöravonlik holatlari bölgan nizoli oilalarda oğir jinoyatlar sodir bölişining oldini oladi. Uşbu qonunning qabul qilinişi xotin-qizlar huquqlarini yanada mustahkamlaşga, ularning turar joy masalalarini qonuniy hal qilişga xizmat qiladi.

Majlis söngida qömitaning tegişli qarori qabul qilindi.