O‘zbekiston | 08:20 / 30.10.2024
15458
1 daqiqa o‘qiladi
Ajrashish holatlari asosan necha yoshda ko‘proq kuzatilayotgani aytildi
2024 yilning o‘tgan 9 oyida ajrashganlar eng katta ulushi 35 yoshgacha bo‘lganlarga to‘g‘ri kelgan, ya’ni jami nikohdan ajrashganlarning 64,3 foizini tashkil qilgan.
Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, nikohdan ajrashishlar 2020 yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga ko‘p.
Nikohdan ajrashganlarning o‘rtacha yoshi — erkaklar uchun 35,2 yoshni, ayollar uchun 32,4 yoshni tashkil etgan.
Nikohdan ajrashishlarning eng ko‘p ulushi:
- Toshkent shahrida 13 foiz;
- Andijon viloyatida 10,7 foiz;
- Farg‘ona viloyatida 10,6 foiz;
- Samarqand viloyatida 10,2 foiz;
- Toshkent viloyatida 10,1 foizga teng bo‘lgan.
Nikohdan ajrashishlarning asosiy qismi shaharlarda 21,1 mingtani (62,0 foiz), qishloqlarda esa 12,9 mingtani (38,0 foiz) tashkil etgan.
Mavzuga oid
10:10 / 25.04.2024
O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi
11:49 / 11.02.2023
Sirdaryo va Toshkentda nikohdan ajrashish darajasi eng yuqori
12:58 / 20.01.2023
2022 yilda qariyb 50 mingta nikohdan ajrashish holati qayd etildi
11:36 / 10.12.2022