O‘zbekiston | 08:53 / 30.04.2024
6221
2 daqiqa o‘qiladi

Ohangarondagi bog‘da 1,5 mingga yaqin daraxt yoqib yuborilgani aytildi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida noma’lum shaxs 1500 ga yaqin mevali va manzarali daraxtni yoqib yuborgani aytilyapti. Ekologiya boshqarmasi to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilganini bildirdi.

Foto: Telegram / Ekolog.uz

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida bog‘ yoqib yuborildi. Bu haqda Ekolog.uz Telegram-kanali xabar berdi

Ma’lumotda yong‘in oqibatida 1500 ga yaqin daraxtlar yonib ketgani aytiladi. Murojaatchi ushbu holat yuzasidan jinoiy va ma’muriy ish ochilmayotganidan norozi bo‘lib, tegishli tashkilotlardan e’tibor qaratishni so‘ragan.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tumani bo‘limi vaziyatni joyiga chiqib o‘rgangan. Murojaatda ta’kidlangan hudud Ohangaron tumani «O‘zbekiston» MFY hududidan oqib o‘tgan Ohangaron daryosi muhofaza mintaqasi ekani, hududda noma’lum shaxs tomonidan o‘t yoqib yuborilgani aniqlangan.

Hududdagi mavjud mevali va manzarali daraxtlar yonib ketishi oqibatida tabiatga zarar yetkazilgan. Bu bilan «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunning tegishli moddalari talablari buzilgan.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida inspektorlar tomonidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Mavzuga oid