Jamiyat | 17:30 / 13.09.2017
34992
2 daqiqa o‘qiladi

Qandli diabetdan qutulishning samarali usuli ma'lum qilindi

Foto: RIA "Novosti"

Buyuk Britaniyaning Nyukasl universiteti professori Roy Teylor Yevropa diabetni tadqiq qilish assotsiatsiyasining 53-har yilgi yig‘ilishida ikkinchi turdagi qandli diabetdan qutulish dasturini taqdim etdi, deya xabar berilgan oliy o‘quv yurti saytida.

Qariyb qirq yil davomida ikkinchi turdagi qandli diabetni o‘rgangan ekspertning fikricha, oshqozonosti bezi tomonidan ortiqcha yog‘ning yo‘qotilishi insulin normal holatda ishlab chiqarilishini tiklaydi.

Professorning fikricha, bu xastalik jigar va oshqozonosti bezidagi yog‘ miqdorining ko‘pligi tufayli chaqiriladi, ulardan past kaloriyali parhez yordamida qutulish mumkin.

Teylor tadqiqotda ishtirok etayotgan bemorlar haqida ham aytib o‘tdi. Ular ikkinchi turdagi qandli diabet bilan og‘riydi. Davolanish dasturi ikki bosqichdan iborat bo‘lgan. Birinchisida iste'mol qilinayotgan ovqat kaloriyasi kamaytirilgan, ikkinchisida esa – jismoniy faollik kiritilgan. Tajriba qatnashchilari o‘rtacha 15 kilogrammga ozishgan, xastalik alomatlari kamroq kuzatilgan.

Teylorning fikricha, ikkinchi turdagi qandli diabetni shu usul orqali “uyquga solish” faqatgina endokrin kasallik aniqlanganidan so‘ng birinchi o‘n yil ichida mumkindir. 

Mavzuga oid