Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi
Soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish kompaniyalarining umumiy qarzi 1,3 trln so‘mga yetdi. Shundan 522 mlrd so‘mi 10 ta kompaniya hisobiga to‘g‘ri keladi.
Foto: Kun.uz
2026 yil 1 yanvar holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1243 tani tashkil etyapti, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi.
Ularning umumiy qarzdorligi 1,3 trln so‘mga yetgan. Shundan 522,5 mlrd so‘mi, ya’ni 38,7 foiz soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi:
- «Tash Building» MChJ– 107 mlrd so‘m;
- «Ko’priqqurilish» AJ– 81,9 mlrd so‘m;
- «Aziya Invest Favorit» MChJ – 73,7 mlrd so‘m;
- «Avtosanoat-Injiniring» MChJ – 63,4 mlrd so‘m;
- «Tamirlash Qurish Servis» MChJ – 50,4 mlrd so‘m;
- «Yorqin Sadaf Fasli» MChJ – 40,8 mlrd so‘m;
- «DM AJ BK NATEK» – 32,7 mlrd so‘m;
- «Agro Asia Trade Servis» MChJ – 31,5 mlrd so‘m;
- «Grand Road Tashkent» MChJ – 22,8 mlrd so‘m;
- «Obod-Dastur-Qurilish» MChJ – 18,3 mlrd so‘m.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 492 mlrd so‘mni, Toshkent viloyatida 126 mlrd so‘mni Andijon viloyatida 124 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Mavzuga oid
15:58 / 21.01.2026
Tadbirkorga qo‘llangan 7,4 mlrd so‘mlik noqonuniy jarima bekor qilindi
11:43 / 21.01.2026
Tadbirkorning loyiha hujjatlarini asossiz kechiktirgan qurilish boshqarmasi xodimi javobgarlikka tortildi
08:00 / 21.01.2026
2026 yilda foydalanishga topshiriladigan 10 ta osmono‘par bino
12:23 / 12.01.2026