Özbekistonda 2026 yil 1 iyuldan boşlab yangi obektlar böyiça loyihalaştiriş va quriliş-montaj işlarini bir vaqtda amalga oşiriş (parallel quriliş) amaliyoti bekor qilinadi.
4 iyun kuni imzolangan 104-sonli prezident farmoniga köra, mazkur amaliyot örniga tajriba-sinov tariqasida bosqiçma-bosqiç tayyorlanadigan loyiha asosida quriliş-montaj işlarini amalga oşiriş tartibi joriy etiladi.
Bu tartib doirasida:
tadbirkorlik sub’yektlarining öz mablağlari hamda jalb qilinadigan töğridan töğri xorijiy investitsiya mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan obektlar (köp kvartirali uy-joylar bundan mustasno) böyiça bosqiçma-bosqiç tayyorlanadigan loyiha asosida quriliş-montaj işlarini amalga oşirişga ruxsat beriladi;
quriliş-montaj işlari obektning har bir bosqiçi (qismi) böyiça loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan ötkazilgandan va Quriliş inspeksiyasi tomonidan röyxatga olingandan söng reja-grafik asosida boşlanadi;
quriliş-montaj işlarini belgilangan tartib-taomillarga muvofiq olib boriş jarayonlari Quriliş inspeksiyasi tomonidan "Qurilişda davlat nazorati" elektron platformasida monitoring qilib boriladi;
budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalaştiriladigan obektlarda bosqiçma-bosqiç tayyorlanadigan loyiha asosida quriliş-montaj işlarini Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror (farmoyiş)lari bilan amalga oşirişga yöl qöyiladi.
Quriliş vazirligi Quriliş inspeksiyasi bilan birgalikda 2027 yil yakuniga qadar tajriba-sinovning ijobiy natijalariga köra uni davom ettiriş va boşqa yönalişlarda tatbiq etiş yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritişi kerak.
Şuningdek, “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimida pudratçisi aniqlanadigan, şuningdek, qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining 25 ming baravarigaça (hozirda – 10,3 mlrd söm) bölgan obektlarning davlat xaridlari böyiça texnik topşiriqlarini ekspertizadan ötkaziş amaliyoti bekor qilinadi.












