O‘zbekiston | 14:50 / 05.06.2021
17689
1 daqiqa o‘qiladi

Bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari DTM tomonidan amalga oshiriladi 

Bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Oldingi yil bitiruvchilari kirish test imtihonlarini topshiradi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev ma'lum qildi.

“Keyingi yillarda bitiruvchilarga davlat tomonidan oliy ta'lim olish bo‘yicha katta imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shulardan biri sifatida bitiruvchilarning ortiqcha ovora bo‘lmasliklari, faqat bir marta imtihon topshirish bilan OTMga kirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilmoqda. 

Maktab, akademik litseylar bitiruvchilarining yakuniy davlat imtihonlarini kirish test sinovlariga tenglashtirish, ya'ni unifikatsiya qilish to‘g‘risida qaror loyihasi ishlab chiqilgan va tegishli davlat organlariga taqdim etilgan”, deydi Orziqul Boboyev.

Qayd etilishicha, oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar uchun kirish test sinovlari alohida o‘tkaziladi.

Bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari qanday tartibda bo‘lsa, yakuniy davlat imtihonlari ham shu tartibda tashkil etiladi (maktablarda emas).

Mavzuga oid