Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yagona maktab formasi tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda - vazir
Foto: Xalqaro press-klub
2018—2019-o‘quv yilidan barcha umumta'lim maktablariga joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Kun.uz'ga ma'lum qildi.
«Tez orada qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Demak, maktab formasi respublika bo‘ylab bir xil bo‘lishi kutilmoqda. Yangi o‘quv mavsumiga oz muddat qolgani va boshqa omillar hisobga olinib, yagona maktab formasini joriy etish bir yil davomida qisqa muddatda amalga oshirilmaydi. Bu o‘quv mavsumi davomida ham tatbiq etilishi mumkin», deydi vazir.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Zamira Suyunovaning ta'kidlashicha, tanlangan maktab formalarini barcha maktablarga yangi o‘quv yiligacha yetkazib berish borasida barcha ishlar amalga oshirilmoqda.
«Uyushmaning bu boradagi imkoniyati yetarli. Maktab formalarini o‘z vaqtida yetkazib berishda hech qanday muammo yoki uzilishlar bo‘lmaydi».
Shunga qaramay, Xalq ta'limi vaziri bu masalada shoshmasdan qaror chiqarishni ma'qullamoqda.
«Eng muhimi, formani tayyorlash va yetkazib berish ishlariga maktab direktori ham, o‘qituvchi ham aralashmaydi. Men korruptsiogen holat yuzaga kelishini istamayman, direktor bitta korxona bilan til biriktirib, yagona narx o‘rnatib olishi mumkin emas. Yagona maktab formasi tasdiqlangan taqdirda, barcha ota-onalar erkin tanlov qiladi: istasa tiktirsin, sotib olsin, bu ularning ishi. Lekin kimdir, qayerdandir sotib olishga majburlamaydi», deydi u.
Mavzuga oid
20:23
“15 mln kishining ma’lumoti sotuvda turgani yo‘q” - Sherzod Shermatov
11:02
Kiberhujumda 60 mingtaga yaqin shaxsiy ma’lumot tarqalgan – Sherzod Shermatov
17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi
20:32 / 22.01.2025