O‘zbekiston | 07:30 / 31.10.2018
8210
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Qishloq qurilish bank» Rossiya banki bilan  kelishuv imzoladi

Foto: Qishloq qurilish bank

ATB «Qishloq  qurilish  bank»  o‘z  mijozlariga  xizmatlar  ko‘rsatish imkoniyatlarini  kengaytirish uchun  xorijiy  moliya-kredit muassasalari, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining tijorat banklari bilan ikki taraflama munosabatlarni yanada rivojlantirishga intilmoqda.

Binobarin, joriy  yilning  oktabr  oyida  Rossiyaning  «AK BARS» aksiyadorlik  tijorat  banki  bilan  Kelishuv imzolandi. Mazkur kelishuv  doirasida ATB «Qishloq qurilish bank» savdoni moliyalashtirish  operatsiyalari  uchun  365  kun muddatgacha 3,5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini ochdi. Moliyalashtirish ATB  «Qishloq qurilish bank» mijozlarining import va eksport shartnomalari  bo‘yicha  AQSh  dollari,  yevro  va  Rossiya rublida beriladi. Import shartnomalar bo‘yicha moliyalashtirish doirasida  eksportchi sifatida rossiyalik ishlab chiqaruvchilar jalb qilinishi kerak.

Xomashyoga  bog‘liq  bo‘lmagan  import shartnomalarini  moliyalashtirish zarurati tug‘ilganda, agar «EKSAR» AJ tomonidan siyosiy va kredit tavakkalchiliklari sug‘urtalangan bo‘lsa,  moliyalashtirish miqdori 35 million AQSh dollarigacha oshirilishi mumkin.

Savdoni moliyalashtirishdan tashqari, yaqin kunlarda ATB «Qishloq qurilish bank» bilan Rossiya moliya instituti o‘rtasida vositachilik munosabatlari  o‘rnatilishi  ham  kutilmoqda.

Bunday hamkorlik mijozlarning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish, shuningdek, bank daromadini, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmlarini oshirish imkonini beradi.

«Qishloq qurilish bank» - farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha axborot uchun:

Telefonlar: (71) 150-76-39, 150-93-39 

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram:  https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid