O‘zbekiston | 14:47 / 05.01.2023
21380
2 daqiqa o‘qiladi

“Dok-1 Maks” haqida xabar berib ishdan bo‘shatilgan bosh shifokor o‘z joyiga tiklanish arafasida

Foto: KUN.UZ

Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi bosh shifokori Mamatqul Azizov “Dok-1 Maks” preparatining og‘ir asoratlari va 15 nafar bolaning o‘limi haqida rasmiy xabar berib diqqat markaziga tushgandi. Keyinchalik uning o‘zi kech xat chiqarganlik ayblovi bilan ishdan bo‘shatildi.

Avvaliga 15 nafar, keyinchalik yana 4 nafar bolalarning o‘limi O‘zbekistonda 2022 yilning eng ko‘p muhokama qilingan mavzusiga aylandi. Jamoatchilik bu mavzuni ko‘targan mutaxassisning o‘zi aybdor sifatida jazolanganini qattiq qoraladi.

2022 yilning so‘nggi kunlarida hukumat tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘ldi, xususan Sog‘liqni saqlash vaziri almashdi. 

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda bosh shifokorni o‘z ishiga tiklash bo‘yicha harakat boshlangan. Kun.uz’ning ikki mustaqil manbasiga ko‘ra ayni paytda zarur hujjatlar tayyorlanyapti va tez orada professor Mamatqul Azizov oldingi lavozimida ishini davom ettirishi mumkin.

Mavzuga oid