“Dok-1 Maks” işi böyiça 17 yanvar kuni davom etgan sud majlisida “Dok-1 Maks” va “Ambronol” siropi iste’moli ortidan nogiron bölib qolgan va bolasi vafot etgan jabrlanuvçilarning körsatmalari tinglandi. Bu haqda sudda iştirok etayotgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
4 yoşli Sulton Saidmurodovning otasi, jabrlanuvçining qonuniy vakili Dilşod Tursunboyevning ma’lum qilişiça, öğli 2023 yilning 1 yanvar kunidan 12 fevral kuniga qadar salkam bir yarim oy koma holatida yotgan.
“Öğlim 2021 yilda tuğilgan. Oldin ham yötalganda “Ambronol” dorisini berardik, yaxşi bölardi, nojöya ta’siri bölmagan. 2022 yil boşlarida berganimizda esa bir yaxşi bölib, keyin isitmalab oğriy boşladi. Ayolim bir-ikki kundan beri peşob çiqarmayotganini aytdi. Şundan keyin 28 dekabr kuni tez tibbiy yordamga olib bordik, UZI qilişib, buyragi işlamayapti, deyişdi. U yerdagi bolalar şifokori bizda davolaş uçun şaroit yöq deb Jizzax viloyati kasalxonasiga yöllanma yozib berdi. U yerda ham tekşirişib, birdan reanimatsiyaga olişdi. 29 dekabr kuni dializ qilişdi. Ahvoli ança oğirlaşdi. 2 yanvar kuni Toşkentga olib ketamiz dedik, ammo boş şifokor oğir ahvolda, olib ketib bölmaydi, dedi. Toşkentdagi tanişlar bilan gaplaşib, şaroit qildik, Bolalar milliy markazidagi boş şifokor özi borib Toşkentga olib keldi 3 yanvar kuni.
Jizzaxda 4-5 ta dializ olindi. Toşkentda ham fevral oyi örtalarigaça dializ olişdi. Palataga olamiz deb turgan paytda boşi şişib ketdi, keyin operatsiya qilişdi, «şunt» qöyişdi, nevrojarroh operatsiya qildi. Ovqatlanişlari faqat şlang orqali bölardi. Harakat qilmasdi, bir oylar vaqt ötgaç, faqat bir tarafi ozroq harakatlana boşladi. Nevrologiyaga olib borib tekşirtirdik, bitta şaxsiy klinikaga tavsiya berişdi. U yerda ham 3 kun yotgaç, Bolalar milliy markaziga olib bordik. Şu orada qornining pastki qismidan grija ham bölgan ekan. Hozir uyda qarayapmiz, doimiy bir odam qarab, nazorat qilib turadi, avvalgidan yaxşi bölib qolgan. Lekin hali ham bir tarafida harakat kam, tana rivojlanişi yöq, öşa tarafdan yuzlari tortilib qolgan. Agar sudlanuvçilarning aybi böladigan bölsa, şunga yaraşa jazo olsin”, deya körsatma berdi Dilşod Tursunboyev.

Jabrlanuvçiga köra, u bugungaça bolasini davolatiş uçun yaqinlaridan 150 mln sömdan ortiq qarz olgan. U sudda farzandini töliq davolatiş uçun 5 mlrd söm kompensatsiya söradi.
“2019 yil tuğilgan bolamning tomoği oğrigani sabab dorixona xodimi tavsiyasi bilan şu dorini olib içirgandik. Öğlim bu siropni avval ham içgandi. Dori tört kun içilgan. Beşinçi kuni bolam qayt qilib, tobi qoçdi. Oilaviy poliklinikaga çiqdik. Şifokorlar dori yozib berişdi, uyga qaytdik. Beşinçi kuni işdan kelsam, bolamning issiği çiqayotgan ekan. Dori berib, issiğini tuşirdik. Ertasi kuni işda bölganim sabab, dadam yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib boribdi. U yerda öğlimni köriçak deyişibdi. Quvasoy şahar şifoxonasining şifokorlari esa tekşirib körib, köriçak emas deyişgan. Öşa kuni ukol olib uyga qaytişgan. Ertasi kuni özim yana ukol olsa yaxşi bölar degan umidda şifoxonaga olib bordim. U yerdagilar “bizning kasallik emas, u yoqqa olib bor, bu yoqqa olib bor”, deyişdi. Söngra yaxşi bolalar şifokorini aytişib, körsating deyişdi. Xullas, şu tarzda öğlimni viloyatdagi şifoxonaga olib bordik. Buyrak yetişmovçiligi deyişdi”, — deydi 5 yoşli Nodirbek Alijonov otasi, jabrlanuvçining qonuniy vakili Anvar Abdullayev.


















