Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instansiyasi “Dok-1 Maks” işida uşbu sud hay’atining 2024 yil 26 fevraldagi hukmini özgarişsiz qoldirdi. Bu haqda bugun, 3 iyul kuni bölib ötgan sud majlisidan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
7 nafar sudlanuvçi tomonidan kiritilgan apellyatsiya şikoyati qanoatlantirilmadi.
Farmagentlik sobiq rahbari Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva tomonidan sudning depozit hisobraqamiga tölangan 2,5 milliard söm mablağ jabrlanuvçilarning qonuniy vakillariga teng miqdorda taqsimlanişi belgilandi.









