Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ota va uning uch farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi
17 dekabr kuni tushdan so‘ng Qarshi shahrida yashovchi 46 yoshli erkak va uning uch nafar (18, 16 va 10 yoshli) farzandi isitish tizimidan chiqqan is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, uy yerto‘lasida o‘rnatilgan zamonaviy ikki konturli isitish qozoni mo‘risining umumiy ventilyatsiya mo‘risiga ulangan qismidan is gazi chiqqan.
Foto: Kun.uz
Fojia 17 dekabr kuni soat 15:40 larda Qarshi shahar, «Kunchiqar» MFYda joylashgan Nurbog‘ ko‘chasi sodir bo‘lgan.
Fuqaro B.T. va uning farzandlari T.A. (2006 yil, o‘g‘il bola), S.A. (2008 yil, qiz bola) va M.A.lar (2014 yil qiz bola) isitish tizimidan chiqqan is gazidan zaharlanish oqibatida o‘z yashash xonadonida vafot etgan.
«Ko‘zdan kechirish davomida aniqlangan dastlabki holatga ko‘ra, uyning yerto‘lasida o‘rnatilgan zamonaviy isitish qozonining (dvux konturnyy kotyol) yongan is gazi chiqishi uchun o‘rnatilgan mo‘rining umumiy havo tortish mo‘risiga (vytyajnaya ventilyatsiya) ulangan qismidan is gazining sizib chiqayotgani aniqlangan», — deyiladi prokuratura Kun.uzʼga taqdim qilgan ma’lumotnomada.
Qarshi shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
20:38 / 11.12.2025
Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi
17:07 / 09.12.2025
Yuqori Chirchiqda buvi va nevara is gazidan vafot etdi
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
16:16 / 21.11.2025