Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda Cobalt svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib bolalarni urib yubordi
Oqibatda 12 yoshli bola og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etdi.
Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida Cobalt haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib yo‘lni kesib o‘tayotgan bolalarni urib yubordi.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 17 may kuni sodir bo‘lgan.
Haydovchi Cobalt bilan Muzrabot tumani "Darband" MFY hududida tezlikni oshirib, svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan va yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga o‘tmoqchi bo‘lgan uch nafar bolani urib yuborgan.
Oqibatda 2012 yilda tug‘ilgan R.M. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etadi. Qolgan ikki nafar voyaga yetmagan bolalarning salomatligi yaxshi, hozirda yashash xonadonida.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Muzrabot tumani IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Cobalt juda katta tezlikda harakatlangani va haydovchi jarohatlangan bolalarga yordam berish o‘rniga voqea joyidan ketib qolganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026
O‘zbekistonda 3 oyda YTH oqibatida 346 kishi halok bo‘ldi – IIV
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026