Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Qal’a XVIII-XIX asrlarda Aleksandr Suvorovning buyrug‘iga ko‘ra qurilgan. Qariyb 200 yil oldin qal’adan harbiylar foydalangan, ammo u 20 yil oldin yopilgan.
Foto: kyminlinna.fi
Finlandiyaning Kotka shahri hukumati Senaatti-kiinteistöt davlat kompaniyasidan Kyumenegorod qal’asini 1 yevroga sotib oldi, deb yozmoqda RBK.
Qal’a XVIII-XIX asrlarda Aleksandr Suvorovning buyrug‘iga ko‘ra qurilgan. Maydoni 50 gektarni tashkil etadigan qal’a hududida 20 ga yaqin inshoot joylashgan bo‘lib, ularning yiriklari — ofitserlar uchun mo‘ljallangan bino va kazarmadir.
Qariyb 200 yil oldin qal’adan harbiylar foydalangan, ammo 20 yil oldin u yopilgan. Endilikda Kyumenegorodni tartibga keltirib, u yerda muzey, qahvaxona, konsert maydonchasi ochishmoqchi.
Senaatti-kiinteistöt kompaniyasi qal’ani saqlab qolish, jumladan, binolarni ta’mirlashga har yili 200 ming yevro sarflab kelgan. «Kyuminlinna qal’asi do‘stlari» assotsiatsiyasi restravratsiya uchun hukumatdan 100 ming yevro olgan, mablag‘larning 20 ming yevrosi ekoturizmga sarflanadi. Qayta tiklash va obektni turistik maskanga aylantirish jami 18 million yevroga tushadi.
Kyumenegorod Viborg va Helsinki oralig‘ida joylashgan — har ikki shahargacha bo‘lgan masofa taxminan 100 kilometr. XVIII-XIX asrlarda Finlandiya yerlarini shvedlarda himoya qilish uchun ruslar tomonidan bir nechta qal’a qurilgan. 1878 yilda esa Kotka shahriga asos solingan.
Mavzuga oid
15:44 / 02.12.2025
Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi dipmissiyasini yakunlamoqda
15:31 / 29.11.2025
Qashqadaryo vohasida 2300 yillik qal’a-shahar qoldiqlari topildi
14:49 / 26.11.2025
YeI Finlandiyaga nisbatan ortiqcha defitsit sababli jarima tartibini boshlamoqchi
09:58 / 03.11.2025