“Dunyo” muxbiri xabar berişiça, Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Muzaffar Madrahimov Finlandiyaning Özbekistondagi elçisi (rezidensiyasi Helsinki şahrida joylaşgan) Ilkka Ryaysyanen bilan uçraşuv ötkazdi.
TIV ma’lumotiga köra, muloqot çoğida özaro qiziqiş uyğotuvçi sohalardagi özbek–fin munosabatlarining joriy holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Finlandiya elçisi öz diplomatik missiyasini amalga oşiriş davomida körsatilgan har tomonlama qöllab-quvvatlaş va kömak uçun özbek tomoniga minnatdorlik izhor etdi.
Ilkka Ryaysyanen 2022 yildan buyon Finlandiyaning Özbekistondagi elçisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.












