Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID yetakchisi yaralangani haqida yana bir marta xabar tarqaldi
Foto: AP
IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy Iroqning g‘arbidagi aviazarba vaqtida yaralandi, deb xabar bermoqdalar Alsumaria va Alhurra telekanallari.
Al-Bag‘dodiyning yaralangani yoki yo‘q qilingani haqidagi xabarlar avval ham OAVda ko‘plab marta tarqagan, biroq bu xabarlar o‘z tasdig‘ini topmagandi.
Alhurra kanalining ma'lum qilishicha, al-Bag‘dodiy 9 fevralda Al-Qaim shahrida uyushtirilgan aviahujumda yaralangan. U bu yerga IShID yetakchilarining qurultoyiga kelgan bo‘lgan. Aviazarba Iroq harbiy-havo kuchlari tomonidan berilgan.
Kanal ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar yetakchisi og‘ir jarohat olib, Suriyaga davolash uchun yetkazilgan. Aviazarba oqibatida bir qancha boshqa terrorchilar yo‘q qilingan.
Kanalning ta'kidlashicha, bu ma'lumot Iroq ichki ishlar vazirligining razvedka bo‘limidan olingan.
Alsumaria telekanali versiyasiga ko‘ra, al-Bag‘dodiyga zarba AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari tomonidan 12 fevralda berilgan.
Mavzuga oid
14:15 / 21.01.2020
OAVda IShIDning yangi yetakchisi ismi oshkor qilindi
18:53 / 06.01.2020
AQShning Sulaymoniydan avvalgi dushmanlari: Saddam Husayndan al-Bag‘dodiygacha
19:11 / 16.11.2019
Turkiyada al-Bag‘dodiyning 25 nafar qarindoshi qo‘lga olindi
10:11 / 05.11.2019