Suriyada IŞIDning yaqinda yöq qilingan yetakçisi Abu Bakr al-Bağdodiyning opasi Rasmiya Avaz uşlandi. Bu haqda turk amaldoriga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, 65 yoşli Avaz IŞID bilan aloqalarda ayblanmoqda. U 4 noyabr oqşomidagi reyd vaqtida treyler konteynerida aniqlangan. Ayol Suriyaning Halab viloyatidagi Azaz şahri yaqinida oilasi bilan birga yaşagan. Bu hudud hozirda Turkiya nazoratidagi hudud hisoblanadi.

Manbaning ma'lum qilişiça, Avaz bilan birga uning turmuş örtoği, kelini va 5 farzandi uşlangan. Oilaning baloğatga yetgan a'zolari söroq qilingan. Manba al-Bağdodiyning opasi razvedkaga foyda keltirişi mumkinligini ta'kidlab ötgan.
“Bunday narsalar – razvedka uçun noyob topilmadir. U IŞID haqida biladigan ma'lumotlar guruh haqidagi tasavvurimizni kengaytirişi va köproq terrorçilarni uşlaşimizda yordam berişi mumkin”, deb aytgan turkiyalik amaldor.
Avvalroq IŞIDning sobiq yetakçisi al-Bağdodiy amerikalik harbiylarning maxsus reydi davomida yöq qilingandi. Keyinroq IŞID öz yetakçisi ölganini tan olgan va uning örniga yangi yetakçi tayinlaganini e'lon qilgan.








