Ta’lim | 08:52 / 27.08.2025
6969
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda har hafta dushanba kuni birinchi soati «Kelajak soati» darslari sifatida o‘qitiladi

Har juma kuni o‘tkazib kelingan «Sinf soatlari» o‘rniga, endi dushanba kunlari birinchi soatda «Kelajak soati» darslari o‘tiladi.

Foto: Kun.uz

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining «Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi buyrug‘i qabul qilindi.

Ushbu buyruq bilan:

  • Bog‘chalarda 2025-2026 o‘quv yilida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi;
  • Maktablarda 2025-2026 o‘quv yilida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi;
  • Maktab psixologining 2025-2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy ish rejasi;
  • Maktablar uchun «Kelajak soati» darslarining namunaviy mavzular ro‘yxati tasdiqlandi.

Maktablarda har haftaning juma kuni o‘tkazib kelinayotgan «Sinf soatlari» 2025-2026 o‘quv yili davomida har haftaning dushanba kuni birinchi soatida «Kelajak soati» darslari sifatida o‘qitilishi belgilandi.

Mavzuga oid