Nigeriyada noyabr oxirida jangarilar tomonidan öğirlab ketilgan 303 nafar boladan yana 130 nafari — katolik internat-maktabining öquvçilari ozod qilindi. Bu jangarilar qölida qolgan sönggi maktab öquvçilari edi. Bu haqda Nigeriya prezidentining vakili yakşanba kuni, 21 dekabrda X ijtimoiy tarmoğida bayonot e’lon qildi, u bayonotga bolalarning suratini ham ilova qilgan.

“Niger ştatidan öğirlab ketilgan yana 130 nafar öquvçi ozod qilindi. Asirlikda heç kim qolmadi”, — deyiladi xabarda. Postda bolalar qanday qilib jangarilar qölidan qutqarib olingani haqida tafsilotlar keltirilmagan.

22 noyabr kuni Nigeriya Xristianlar assotsiatsiyasi Niger ştatidagi Papiri aholi punktida joylaşgan internat-maktabdan 303 nafar öquvçi va 12 nafar öqituvçi öğirlab ketilgani haqida xabar bergan. Keyinroq jangarilar asirligidagi 50 nafar kişiga qoçib qutulgani ma’lum qilindi.

7 dekabr kuni mahalliy Channels Television telekanali, şuningdek AFP agentligi bir-biridan mustaqil ravişda 100 nafar bola ozod etilgani haqida xabar qilgan.

Nigeriyada qurollangan tödalar köp yillardan beri mamlakatning şimoli-ğarbiy va markaziy qismidagi qişloq hududlarida odamlarni tovon puli uçun öğirlab keladi. Bunday hujumlar oqibatida minglab odamlar halok bölgan. Tödalar bir neçta ştat hududlarini qamrab olgan keng örmonzor hududlarda yaşirinib yuradi.

Eng katta rezonansga sabab bölgan holatlardan biri 2014 yil aprelida sodir bölgan. Öşanda “Boko Haram” terroristik guruhi jangarilari Çibok şahridagi litseydan 276 nafar qiz öquvçini öğirlab ketgan. Keyinçalik köpçiligi terrorçilardan qoçib qutulgan yoki muzokaralar natijasida ozod etilgan. Amnesty International huquqni himoya qiliş taşkilotining 2024 yilga oid ma’lumotlariga köra, öğirlab ketilgan 82 nafar qiz hanuzgaça topilmagan.