Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:44 / 17.02.2021
23438
3 daqiqa o‘qiladi
Pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritiladi
“Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qonun loyihasida “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi qonunga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda:
- 2005 yil 1 yanvardan avvalgi davr uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasida (elektron mehnat daftarcha)gi mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblash. Bunda, 2021 yil 1 iyundan boshlab yangi pensiya tayinlashda 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblash tatbiq etilishi nazarda tutilgan;
- ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta'minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi berish va ish stajiga qo‘shib hisoblash. Mazkur tizim amaliyotga joriy etilsa, oilada bola parvarishi va boshqa yumushlar bilan band bo‘lgani yoki turmush o‘rtog‘ining xohishiga asosan ishlamagan turmush o‘rtog‘ini kelajakda pensiya bilan ta'minlash imkoniyati beriladi;
- pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlash va to‘lash. Buning natijasida fuqarolarga doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olingan turar joyi bo‘yicha pensiya (nafaqa) tayinlash va to‘lash uchun murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Fuqaro viloyatda doimiy yashayotgan (propiska), biroq Toshkent shahrida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, pensiya tayinlash yoki to‘lash uchun viloyatga borish bilan bog‘liq ovoragarchiligi bartaraf etiladi;
- uch yil va undan avval tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiyalar tekshirilishiga hamda pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to‘langanligi aniqlangan holatlarda ortiqcha to‘langan summalarni ushlab qolishga yo‘l qo‘ymaslik;
- fuqaroning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyalarni uni olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga to‘liq oy uchun to‘lash tizimini joriy etish taklif etilmoqda.
Mavzuga oid
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025