Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashabbusli budjet”da aholi va davlat sherikchiligi yo‘lga qo‘yiladi
2026 yildan boshlab “Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat o‘rtasidagi sherikchilik asosida moliyalashtirish tartibi joriy etiladi. Bunda tashabbuskor aholi tomonidan loyiha qiymatining 50 foiz qismi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilgan taqdirda qolgan 50 foizi budjet hisobidan qoplab beriladi. Shuningdek, Qonunchilik palatasi deputatlariga o‘z saylov okruglarida g‘olib bo‘lmagan loyihalardan ikkitasini tanlash va ularni moliyalashtirish vakolati berildi.
Foto: Kun.uz
“Tashabbusli budjet” jarayonlarini takomillashtirishga doir prezident qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Qarorda ko‘zda tutilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari har yili “Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida o‘z saylov okruglarida g‘olib bo‘lmagan loyihalardan ikkitasini (har mavsumda bittadan) tanlaydi va ular “Ochiq budjet” axborot portalida avtomatik ravishda g‘olib deb topilib, respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi. Buning uchun har bir deputatga yiliga ikki mavsum uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 ming barobari (3,3 mlrd so‘m) ajratiladi.
Shuningdek, 2026 yildan boshlab ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
Bunda, tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foiz qismi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilgan taqdirda loyihalar avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
Loyihalar sheriklik asosida moliyalashtirilganda:
- ovoz berishda ishtirok etmagan holda g‘olib deb topiladi;
- tegishli mahallalarga tanaffus berish amaliyoti qo‘llanmaydi.
Shuningdek, 2025 yil 1 oktyabrga qadar “Ochiq budjet” axborot portalida “Tashabbusli budjet” doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarning interaktiv xaritasi ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
18:26 / 25.12.2025
“Tashabbusli budjet”da yangiliklar. Sherikchilik tartibi belgilandi
09:54 / 23.12.2025
Prezident qarori: ijtimoiy xizmatlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
11:02 / 10.12.2025
Paxta va g‘allachilikda hosildorlik oshiriladi: prezident qarori qabul qilindi
08:48 / 20.11.2025