“Özbekiston Ekologiya va iqlim özgarişi qömitasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori (PQ–343-son, 18.11.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Ekologiya qömitasining “Atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida ixtisoslaştirilgan tahliliy nazorat markazi” davlat muassasasi negizida “Ekologik monitoring milliy markazi” davlat muassasasi taşkil etiladi.
Ekologiya qömitasi öz faoliyatida bevosita Özbekiston Respublikasi prezidentiga hisobdor hisoblanadi.
Şu bilan birga, Qömita öz faoliyatini har qanday davlat organlari va taşkilotlari, ularning mansabdor şaxslaridan mustaqil ravişda amalga oşiradi. Qömita faoliyatiga mansabdor şaxslar tomonidan aralaşuvga yöl qöyilmaydi.
Hujjatga köra, 2026 yil 1 sentabrga qadar Yagona ekologik onlayn platforma faoliyati yölga qöyilişi belgilangan. U orqali atrof-muhit holati, monitoring natijalari va boşqa ekologik ma’lumotlar yagona tizimda yuritilişi közda tutilgan.
Şuningdek, 2026 yil 1 martdan boşlab belgilangan muddatda fon monitoring stansiyalarini örnatmagan va ularni Ekologiya qömitasining Ekologik monitoring milliy markaziga integratsiya qilmagan I va II toifadagi korxonalarga nisbatan kompensatsiya tölovlari 5 baravarga oşirilgan holda qöllanadi.
Rasmiylar ta’kidlaşiça, mazkur çora-tadbirlar ekologik nazoratni kuçaytiriş, korxonalarning atrof-muhit muhofazasi böyiça majburiyatlarini qat’iylaştiriş va ekologik axborotning oçiqligini ta’minlaşga xizmat qiladi.













