Jahon | 17:21 / 30.08.2017
4402
1 daqiqa o‘qiladi

Ben Afflek Afg‘oniston haqida harbiy film suratga oladi

Foto: Warner Bros. Pictures

Aktyor va rejissyor Ben Afflekka Afg‘onistondagi hodisalar bo‘yicha «Qizil otryad» harbiy filmini suratga olish borasida taklif bilan chiqishdi, deb xabar bermoqda Empire. Ma'lumotlarga ko‘ra, muzokaralar boshlang‘ich bosqichda turibdi.

Film shtab-serjant Klinton Romeshining xotira kitobi asosida suratga olinishi mumkin. U 2009 yilda «Tolibon» va xalqaro koalitsiya o‘rtasidagi Kamdesh uchun janglarda qatnashgan. Kartinani suratga olish bo‘yicha huquqqa Sony Pictures studiyasi egalik qilmoqda. Romesha Hurmat medali bilan taqdirlangan.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Afflek bosh rolga o‘zining ukasi, «Oskar» mukofoti laureati Keysi Afflekni taklif etish niyatida.

Mavzuga oid