Jahon | 00:31 / 11.04.2019
12106
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Irlandiyada bankomat ekskavator yordamida o‘g‘irlab ketildi (video)

Foto: Skrinshot

Shimoliy Irlandiyada o‘g‘rilar qurilishdagi ekskavatorni olib qochib, uning yordamida do‘kon devoriga o‘rnatilgan bankomatni o‘g‘irlab ketishdi. O‘g‘rilik kuzatuv kamerasida qayd qilingan va The Independent nashrining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirilgan. 

Videoda o‘g‘rilar kechasi ekskavatorda do‘konga kelib, uning kovshi yordamida devorga o‘rnatilgan bankomatni qo‘porib olayotganini ko‘rish mumkin. So‘ngra bankomat boshqa bir mashinaga ortilib olib ketilgan. 

Bankomatni o‘g‘irlashga bir necha daqiqa kifoya qilgan.

Politsiyada ta'kidlanishicha, bunday o‘g‘rilik joriy yilda 8-marta sodir etilmoqda.

 

Mavzuga oid