Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors’ga ochiq tanlov asosida 1800 dan ortiq kadr ishga qabul qilindi
Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors AJ tomonidan Chevrolet Onix va Tracker avtomobil modellarini ishlab chiqarish uchun yangi bo‘sh ish o‘rinlari tashkil etildi va tanlov e’lon qilindi. Tanlovda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridan 8 000 nafardan ortiq fuqaro onlayn tarzda arizalar topshirdi. Nomzodlar 4 bosqichda saralab olindi. Shu kuni 1 800 nafardan ortiq xodim ishga qabul qilindi.

Shuningdek, “Uzavtosanoat” AJ va UzAuto Motors AJ rahbariyati tashabbusi bilan Asaka, Andijon va Shahrixon tumanlaridagi kam ta’minlangan, chin yetim, yarim yetim, boquvchisini yo‘qotgan yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun hokimiyatlarga murojaat bilan chiqildi. Murojaatga binoan 400 nafardan ortiq yoshlar ro‘yxati taqdim etildi. Tuzilgan ishchi guruh tomonidan yoshlarning yashash sharoiti o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida jami 300 nafardan ortiq yoshlar ishga tavsiya etildi.

UzAuto Motors nafaqat avtomobil ishlab chiqaradi, balki malakali kadrlarni katta jamoada qabul qilib, ularning malakasini oshirib, mahoratini yuksaltirib respublikadagi turdosh sohalarga ham yetkazib beradi.
Batafsil YouTube’da tomosha qiling
Reklama
Mavzuga oid
14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
21:14 / 09.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasining shvetsiyalik sobiq rahbari yangi ish topdi
18:45 / 27.12.2024