Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik bokschi Kovalyov o‘zining birinchi mag‘lubiyatiga uchradi
Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov o‘rta og‘ir vazn toifasida (79,38 kg gacha) WBA, IBF va WBO chempionlik unvonlarini himoya qilish uchun jangda amerikalik Andre Uordga imkoniyatni boy berdi. Las-Vegasda o‘tgan jang 12 raund davom etdi va hakamlarning bir ovozlik qarori (114-113) bilan Uord foydasiga yakunlandi.
Shu tariqa 33 yoshli Kovalyov professional ringdagi ilk mag‘lubiyatiga uchradi. Jangda Uord professional faoliyatida ikkinchi marta nokdaunga uchragani ham Kovalyovga yordam bermadi.
Endi rossiyalik bokschi hisobida 32 ta jangdan 30 ta g‘alaba, bitta durang va bitta mag‘lubiyat bor. 32 yoshli Uord esa o‘tkazgan 31 ta jangining barchasini g‘alaba bilan yakunlagan.
Mavzuga oid
11:34 / 15.01.2021
Bektemir Meliqo‘ziyev va Sergey Kovalyov jangi bekor qilindi
23:27 / 03.11.2019
Saul Alvares Kovalyovdan tortib olgan chempionlik unvonidan voz kechadi
13:10 / 03.11.2019
Kovalyov Alvaresga yutqazdi va chempionlik kamaridan mahrum bo‘ldi
13:00 / 03.02.2019