Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi
7-8-9 iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
Foto: Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Talabgorlar imtihon boshlanishidan bir yarim soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihondan oldin ota-onalarga tavsiyalar berdi:
➖ kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;
➖ imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;
➖ imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e’tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi).
Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.
Imtihonlar 3 ta smenada bo‘lib o‘tadi:
▪️1-smena: soat 8:00 da;
▪️2-smena: soat 12:00 da;
▪️3-smena: soat 17:00 da;
Qo‘shimcha savollar uchun 1206 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Mavzuga oid
17:27 / 09.01.2026
Respublika bo‘yicha navbatchilikka chiqqan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi – manba
16:35 / 05.01.2026
Buvaydadagi maktabda o‘qituvchilar tun-u kun navbatchilikda turishga majburlanyapti
13:12 / 03.01.2026
«Besh million sun’iy intellekt yetakchilari»: eng yaxshi maktablar elektromobil oladi
09:16 / 31.12.2025