Kun.uzʼga Farğona viloyati Buvayda tumanining 37-maktabi öqituvçilari nomidan xat kelib tuşdi. Unga köra xodimlar 25 dekabrdan beri maktabda qolib, navbatçilik qilişga majburlab kelinadi. Murojaat yöllaganlar rasman 5 kunlik dam kunlari, 31 dekabrdan 4 yanvargaça ham maktabda bölişganini aytgan.
Tahririyatga yuborilgan buyruqqa köra, bu rost bölişi mumkin. Maktab direktori Hasanboy Nişonov imzolagan va muhr tuşirilgan hujjatda 13 kunlik 2 ta smenada maktabda navbatçilik qilişi kerak bölgan ustozlar röyxati tasdiqlangan. Hujjatda Yangi yil bayrami munosabati bilan maktabni tinç va osoyişta saqlaş, maktab jamoasi va öqituvçilar xavfsizligi, salomatligini ta’minlaş maqsadida tungi navbatçilik taşkil qilinayotgani yozilgan. Muassasa xodimlari buni özlariga nisbatan bosim deb hisoblamoqda.



“Navbatçilik qilasan, bölmasa darsingni olib qöyaman, deb körqitgan. Öqituvçilar bunga majbur bölgan, kunduzi ayol ustozlar, keçasi erkaklar qolişdi. Bu zöravon direktorga çora bormi? Şu murojaatni bizga yoritib beringlar, iltimos”, – deydi öqituvçilardan biri.
Navbatçilik kunlaridan yozib olingan videolar va Telegram yozişmalaridan skrinşotlarda ham dam kunlari pedagoglar maktabda yurgani körinadi.
“Mana, biz bugun navbatçilikdamiz. 31 dekabr, yangi yil arafasida eski yilni kuzatib, yangi yilni kutib olamiz. Muxlisa (öqituvçining yonidagi şerigi) qizi bilan çiqqandi, qizi uxlab qoldi. Navbatçilik qilgani ötiribmiz, mana. Soat 12 da kelganmiz, bizdan oldingilar keldimi yoki kelmadimi, bilmayman. Endi bu qonunlarimizda bormikan, bilmadim”, – deydi video olganlardan biri.
Ma’lumot uçun, “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonunga köra, ularni kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga jalb qiliş taqiqlanadi.

















