Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi
O‘zbekiston yetakchisi 30 avgust – 3 sentabr kunlari ShHT doirasidagi tadbirlar va Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda ishtirok etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping taklifiga binoan 30 avgust - 3 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
O‘zbekiston yetakchisi 31 avgust - 1 sentabr kunlari Tyanszin shahrida o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi va «ShHT plyus» formatidagi sammitda ishtirok etadi.
Tadbir yakunida Tyanszin deklaratsiyasi, xavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, «yashil» sanoat, energetika, turizm va boshqa sohalarda sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma hujjatlar va qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Davlat rahbari 2 sentabr kuni Pekin shahrida Si Jinping bilan muzokara o‘tkazadi, shuningdek, Xitoy rasmiy shaxslari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, prezident 3 sentabr kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Mavzuga oid
13:26
Importda eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi - 12,8 mlrd dollar
09:13 / 25.12.2025
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
15:21 / 22.12.2025
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
18:22 / 20.12.2025