Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sportning qo‘l to‘pi turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni nomi ma'lum bo‘ldi
Toshkentda qo‘l to‘pi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Gandbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda 2004-2005 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qizlardan tashkil topgan jamoalar g‘oliblik uchun bahslashdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi hal qiluvchi final uchrashuvida Toshkent shahri jamoasi Qoraqalpog‘iston jamoasini 28:26 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni egalladi.
Qizlar o‘rtasida Sirdaryo viloyati jamoasi chempionatning final bahsida Qoraqalpog‘iston jamoasi bilan raqobatlashdi. Mazkur o‘yinda sirdaryolik o‘smirlar raqiblarini 22:19 hisobida yengib, chempionat g‘olibi bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026
O‘zbekistonda bir yilda 4 000 ta standart bekor qilindi
20:57 / 03.01.2026