Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Madrimov mutlaq jahon chempioniga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin
Foto: Getty Images
Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) keyingi jangini yarimo‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga qarshi o‘tkazishi mumkin.
Tribuna.uz manbasiga ko‘ra, Isroil vazn toifasidan qat’i nazar BoxRec reytingida peshqadamlik qilayotgan Terens Kroufordaga qarshi ringga ko‘tariladi va WBA kamarini himoya qiladi.

Jang shu yilning avgust oyida AQShning Kaliforniya shtatida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, amerikalik 36 yoshli charmqo‘lqop ustasi professional faoliyatida 40 ta jang (31 nokaut) o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, yengilmas Krouford so‘nggi bor 2023 yilning iyul oyida hamyurti Errol Spensni muddatidan avval mag‘lub etgandi. Isroil Madrimov esa shu yilning mart oyida rossiyalik Magomed Qurbonovdan ustun kelib, WBA kamarini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
01:04 / 23.02.2025
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi
17:39 / 09.12.2024
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
14:49 / 08.08.2024